“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati 2016-yil 1-oktabrdan elektr energiyasining narxlari oshganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1 kilovatt/soat elektr energiya narxi 4,9 foizga o‘sib, 182 so‘mdan 191 so‘mga chiqadi.
Elektr plitalar bilan jihozlangan turar-joy aholisi uchun esa elektr energiya narxi 91 so‘mdan 95,5 so‘mgacha qimmatlashadi.
“O‘zbekenergo”ning izohlashicha, elektr energiya tariflarining qimmatlashuvi yoqilg‘i-energiya boyliklarining tannarxi oshishi bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan gaz tarifi ham 9 foizga oshadi.
Izoh (0)