Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva mamlakat senatining deputati etib tayinlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu boradagi farmon Oq O‘rdaning rasmiy saytida chop etildi.
Ilgariroq Darig‘a Nazarboyeva Karim Masimov bosh vazirlikdan iste’fo berganidan so‘ng shakllantirilgan yangi hukumat tarkibiga kirmagani ma’lum bo‘ldi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)