Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp yordamchilari va saylovoldi kampaniyasi ishtirokchilariga raqibi Hillari Klintonning kasalligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday salbiy fikrlar bildirmaslik yuzasidan ko‘rsatma berdi. Milliarderning o‘zi va atrofidagilar ushbu vaziyatga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga qaror qildi, deya xabar beradi “RBK”.
CNN telekompaniyasiga ko‘ra, Tramp 11-sentabr teraktlarining 15 yilligi munosabati bilan Twitter’dagi sahifasida saylovoldi chiqishlaridan tiyilgan, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan marosimda ham sukut saqlashni lozim topgan.
Izoh (0)