Germaniya huquq-tartibot organlari Yaqin Sharqdan Yevropaga qaytayotgan diniy radikallar soni ortib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda, Welt am Sonntag nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Jihodchilarning qaytishi jiddiy tahdid keltirib chiqaradi. Ko‘p hollarda ular o‘ta radikal yondashuvga, harbiy tayyorgarlikka va urush tajribasiga ega”, — ma’lum qildi Germaniya jinoiy ishlar idorasi rahbari Xolger Myunx.
U radikallar Iroq va Suriyada bir-biri bilan aloqa o‘rnatib, so‘ng tashkil etilgan terrorchilik tarmog‘idan Yevropada foydalanishini aytib o‘tdi. Shu bilan bog‘liq ravishda Myunx Yevropa mamlakatlari razvedkasini o‘zaro faolroq axborot almashishga chaqirdi.
Izoh (0)