Joriy yilning mart oyidan buyon umumiy qiymati 3,6 milliard dollarga teng 8,7 milliard tonna neft mahsulotlari eksport qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
IRNA agentligining bildirishicha, neft mahsulotlari eksportining ortishi Eron yadroviy dasturini qisqartirish borasida erishilgan kelishuv bilan bog‘liqdir, zero o‘shandan so‘ng G‘arb davlatlari Eronga nisbatan sanksiyalar va bank cheklovlarini sezilarli darajada qisqartirdi.
Iyul oyida Eron Buyuk Britaniyaga neft-kimyo mahsulotlari va polipropilenlar eksportini yo‘lga qo‘ydi. Bolgariya, Ruminiya, Italiya va Fransiya kabi davlatlar Eron neftiga qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)