Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat bosh vaziri Ovik Abraamyanning iste’fosini qabul qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Bundan tashqari, Sargsyan hukumatning ham iste’fosini qabul qilgan va yangi vazirlar mahkamasi tuzilguniga qadar o‘z vazifalarini bajarib turish haqida ko‘rsatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, Armaniston bosh vaziri Ovik Abraamyan 8-sentabr kuni iste’fo berishi haqida ma’lum qilgan edi. U iste’foga chiqish haqidagi qarorini davlatni boshqarishda yangicha yondashish zarurligi bilan izohladi.
Bo‘shab qolgan bosh vazir o‘rnini Yerevanning sobiq meri va “Gazprom” kompaniyasining sobiq top-menejeri Karen Karapetyan egallashi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.