Shimoliy Karolina shtatida bugundan AQShda 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari uchun pochta orqali ovoz berish boshlandi. Bu haqda Hill nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Sirtdan ovoz berish uchun byulletenlarning birinchi turkumi 9-sentabr, juma kunidan pochta qutilariga tashlanadi. Shundan so‘ng to‘qqiz haftalik muddat boshlanadi va uning davomida saylovchilar yo pochta orqali yoki saylov uchastkasiga shaxsan kelib, muddatidan oldin ovoz berishi mumkin”, — deya izoh beradi nashr.
15-sentabrdan Alabama shtatida pochta orqali ovoz berish boshlanadi. 23-sentabr kuni Minnesota shtati saylovchilar uchastkaga kelib, muddatidan oldin ovoz berishi mumkin, ertasidan esa Janubiy Dakotada shunday jarayon boshlanadi. Sentabr oxiriga kelib mazkur huquqdan 7 shtatdagi saylovchilar foydalanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQShda 34 shtat va Kolumbiya federal okrugida muddatidan avval hamda sirtdan ovoz berishga ruxsat berilgan. Har bir shtatda mahalliy rasmiylar ushbu jarayonning boshlanish sanasini o‘zi belgilaydi.