IShID nazorati ostida bo‘lgan Iroqning Mosul shahrini ozod etish bo‘yicha operatsiya bir necha haftadan so‘ng boshlanadi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya birlashgan kuchlari qo‘mondoni Stiven Taunsend ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz Mosulda shiddatli, uzoq va qiyin jangga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Men shaharning qamal qilinishini nazarda tutyapman”, — deya ta’kidladi Taunsend.
General-leytenant jangovar harakatlar sanasiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, ular kelgusi oyda boshlanishiga umid bildirdi.