AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton hamon AQShning Iroqda harbiy kampaniya boshlash haqidagi qarori xato bo‘lganini ta’kidlamoqda, deb yozadi “TASS”.
“Iroqda urush boshlash qarori xato bo‘lgan, deb o‘ylayman. Avval ham aytganman, prezident Bushga ushbu vakolatlarni topshirish uchun ovoz berganim — mening xatoyim bo‘lgan”, — dedi Klinton MSNBC telekanali efirida AQSh qurolli kuchlari faxriylari savollariga javob berar ekan.
Shu bilan birga, u “xatolardan saboq olish”ga chaqirdi. “Bunday narsa boshqa sodir bo‘lmasligi uchun bizni bunga nima olib kelganini tushunib yetishimiz kerak”, — deya ta’kidladi u.
Klinton AQSh prezidentligiga saylangan taqdirda, Amerika qurolli kuchlarining quruqlikdagi harbiy qismlarini IShID bilan kurashish uchun Iroq va Suriyaga yubormasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh terrochilar bilan jang qilayotgan mahalliy kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak.
Izoh (0)