Turkiya qurolli kuchlari Suriya hududidagi “Frot qalqoni” operatsiyasining 15 kuni ichida terrorchilik tashkilotlarining 110 nafar a’zosini yo‘q qildi, deb yozadi “RIA Novosti” Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Nuriddin Janikliga tayanib.
“Operatsiyaning 15 kuni ichida Suriya hududining 772 kvadrat kilometr maydoni terrorchilardan tozalandi, IShID guruhi va Suriya kurdlari o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlarining 110 terrorchisi yo‘q qilindi. Turkiya qurolli kuchlari esa besh kishini yo‘qotdi, 19 kishi yaralandi. To‘rtta tank va bir nechta BTR yo‘q qilindi”, — dedi Janikli Anqaradagi matbuot anjumanida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)