Suriya muxolifatining muzokaralar bo‘yicha oliy qo‘mitasi o‘zining mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yangi rejasida amaldagi prezident Bashar Asadning iste’foga chiqishini talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rejaga ko‘ra, mamlakatda o‘tish davri uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich olti oy davom etib, muzokaralar jarayonidan boshlanadi. U Jeneva kommyunikesi prinsiplari asosida olib boriladi.
Bir yarim yil davom etishi ko‘zlanayotgan ikkinchi bosqich tomonlar o‘tish davri jarayoni prinsiplarini e’lon qilishi bilan boshlanadi.
“Bu bosqich o‘z ichiga o‘tish davri hokimiyat organi shakllantirilishini oladi, buning uchun esa Bashar Asadning ketishi zarur”, — deyiladi hujjatda.
Nihoyat, uchinchi bosqich mahalliy, parlament va prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishini ko‘zda tutadi.
Izoh (0)