Turkiya harbiy-havo kuchlari Fathulloh Gulenga mansub tashkilot — FETOga a’zolikda gumon qilingan 73 nafar harbiyni vazifasidan chetlatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng Turkiya rasmiylari davlat apparati va xususiy tuzilmalarini FETO a’zolaridan ommaviy tozalay boshladi. Buning natijasida hozirda 16 ming kishi hibsda saqlanmoqda. 6 mingdan ziyod odam qo‘lga olingan, yana 7,5 ming kishiga yashash joyini tark etish man etilgan.
81 mingdan ortiq davlat xizmatchisi vaqtincha vazifasidan chetlatildi yoki bo‘shatildi. Qurolli kuchlarda 3 mingdan ortiq harbiy, jumladan, 150 nafar general va admiral unvon hamda lavozimlaridan mahrum etildi.
Izoh (0)