Rossiyaning Leningrad viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yetti kishi halok bo‘ldi. Halokatga uchragan bir kishi omon qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea Kingiseppskiy tumanida sodir bo‘ldi. Yuk mashinasining yengil mashinaga urilishi oqibatida yuk mashinasi yonib ketdi, yengil mashina esa ikkiga bo‘linib ketdi.
Yuk mashinasi haydovchisi tirik qoldi.
Qurbonlarning ikki nafari bolalar ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)