Rambler&Co kompaniyasi pochta servisi foydalanuvchilarining ma’lumotlari tarqalib ketishida hech qanday muammo yo‘q deb hisoblashini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda xoldingning rasmiy vakili Sofiya Ivanova xabar qildi.
“Bu yerda hech qanday muammo yo‘q: birinchi marta ushbu baza 2012-yilda paydo bo‘lgan, OAVlarda bu haqdagi ma’lumot 2014-yildayoq tarqalgan edi. Uni tahlil qilib chiqqach, 4 million faol foydalanuvchining parollari o‘g‘irlanganini aniqladik, ularning barchasi o‘zgartirildi, albatta. Shunga qaramay, parollarning qandaydir qismi baribir mos tushishi mumkin, chunki foydalanuvchilar 123456 turidagi parollarni ishlatadi, ularni elementar yo‘l bilan buzish mumkin”, — dedi Ivanova.
Shu bilan birga, u kompaniya foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlarni ochiq holda saqlamasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq LeakedSource portalida Rambler pochta servisi foydalanuvchilari ma’lumotlari bazasidagi axborot xakerlar qo‘liga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)