Yevroparlamentning fuqarolik erkinliklari, ichki va umumiy ishlar qo‘mitasi Gruziya fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilish uchun ovoz berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yevroparlament qo‘mitasidagi ovoz berish tavsiyaviy ko‘rinishga ega. Bu haqdagi qaror Yevroittifoq Kengashi, shuningdek, Yevroparlamentning Strasburgdagi plenar sessiyasida tasdiqlanishi lozim.
Qo‘mita Kosovo fuqarolariga ham viza tartibini bekor qilish uchun ovoz berdi. Deputatlar ukrainaliklar uchun viza tartibini erkinlashtirish bo‘yicha vaziyatni ham muhokama qildi, biroq bu masala ovozga qo‘yilmadi.
Izoh (0)