Suriya armiyasi va ko‘ngilli askarlar otryadlari jangchilari Aleppodan sharqda IShID terrorchilik guruhi hujumlarini qaytardi, deb yozadi “TASS” SANA agentligiga tayanib. Jangarilar Deyr-Xafer tumanidagi uchuvchilar bilim yurtini egallab olish niyatida bo‘lgan.
“30 dan ortiq terrorchi o‘ldirildi, bitta tank va pulemyotli beshta yo‘ltanlamas yo‘q qilindi”, — deyiladi agentlikka berilgan harbiy ma’lumotda.
Suriya jangchilari IShID guruhlari yorib o‘tish uchun foydalangan mina o‘rnatilgan mashinani o‘z vaqtida ko‘rib, yo‘q qilishga ulgurdi.
SANA ma’lumotlariga ko‘ra, 3-sentabr, shanba kuni Deyr-Xaferdagi bilim yurti hududiga bostirib kirishga urinish chog‘ida 15 terrorchi yo‘q qilingan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)