Hindistonda keng miqyosli ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. Tarixda hali bu qadar keng qamrovli ish tashlashlar kuzatilmagan edi, deb xabar bermoqda Independent.
Aytilishicha, hukumat malakasiz kadrlarga to‘lanadigan minimal ish haqini 6396 rupiyadan 9100 rupiyagacha ko‘tarish qarorini qabul qilishdan bosh tortgani bois 150 million hindistonlik ko‘chalarga chiqib, namoyishlar uyushtirmoqda.
O‘nta kasaba uyushmasi ish tashlashga chorladi. Ularga quloq tutgan millionlab odamlar ko‘chalarga chiqdi, buning oqibatida ko‘plab korxona va muassasalar faoliyati to‘xtab qoldi.
Izoh (0)