Saudiya Arabistonining Madina shahridan yo‘lga chiqqan o‘zbekistonlik hojilarning navbatdagi guruhi — qashqadaryolik ziyoratchilar Makkaga eson-omon yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali xabar berdi.
Ziyoratchilar Harami sharifda Umra amalini ado etgan va O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning oxirati obod bo‘lishini, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi, xalq yanada farovon bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duolar qilgan.
“Hozirda hojilarimiz sog‘ va salomatdirlar”, — deyiladi diniy idora axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)