O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga xorijiy mamlakatlarning yuqori martabali vakillari tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi maxsus sonida ma’lumot berildi.
Xabar berishlaricha, dafn marosimiga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov, Qirg‘iziston bosh vaziri So‘ronboy Jeenbekov, Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif, BAA davlat vaziri Rashid bin Ahmad bin Fahad, MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev va boshqalar tashrif buyurdi.
“Xorijiy mamlakatlarning yuqori martabali vakillari tashrif buyurishda davom etmoqda”, — deyiladi “Axborot”ning maxsus soni xabarida.
Video: Samarqanddagi Tilla Qori masjidida Islom Karimovga janoza namozi o‘qildi
Video: Aeroportda Prezident bilan vidolashuv
Video: Samarqandda Prezident bilan vidolashuv
Izoh (0)