Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, butun O‘zbekiston xalqi, shuningdek, Islom Karimovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda, Belarus davlat rahbari saytiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ta’ziyanomada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Prezidentining vafoti haqidagi ayanchli xabar Belarusda chuqur qayg‘u bilan qabul qilingan.
“Umrini xalq va davlat xizmatiga bag‘ishlagan yorqin yetakchi hayotdan ko‘z yumdi. Vatandoshlar va butun dunyodagi do‘stlar Islom Abdug‘aniyevichning nomini tengi yo‘q siyosiy va jamoat arbobi sifatida yodda saqlaydi”, — deya qayd etdi Aleksandr Lukashenko.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)