O‘zbekistonning barcha umumta’lim maktablarida 4-sentabr, yakshanba kunidan boshlanadigan yangi o‘quv yilidagi birinchi dars mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan “Xotira darsi” bo‘ladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deya ma’lum qiladi “Gazeta.uz”
“Xotira darsi”da Islom Karimovning hayoti va faoliyati, O‘zbekistonning bugungi darajaga yetishidagi ulkan xizmatlari haqida hikoya qilinadi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2016—2017-o‘quv yilida mamlakatdagi 9692 maktabda 4,7 million o‘quvchi o‘qishni davom ettiradi. 640 ming bola ilk bor maktab ostonasini hatlaydi. Ularning barchasiga Prezident sovg‘asi — 12 nomdagi o‘quv qurollari bo‘lgan sumka taqdim etiladi.
Izoh (0)