Florida shtati hukumati “Ermina” tropik po‘rtanasi yaqinlashganligi tufayli Tallaxassi shahri yaqinida Meksika ko‘rfazining ba’zi tumanlarida evakuatsiya e’lon qildi. Bu haqda shtat gubernatori Rik Skottning vakillari ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Floridaning sohilbo‘yi tumanlarida yaqin vaqt ichida kuchli yomg‘ir, to‘fon yuz berishi kutilmoqda, suv toshqini xavfi mavjud. Bo‘ronlarni kuzatish bo‘yicha milliy markaz xodimlarining ma’lum qilishicha, “Ermina” po‘rtanasi shtat hududiga mahalliy vaqt bo‘yicha kechasi yopiriladi. Bu paytga kelib u dovul kuchiga erishishi mumkin.
Hozirgi paytda atmosfera hodisasining epitsentrida shamolning tezligi soatiga 100 kilometrga yetgan va oshishda davom etmoqda. Po‘rtana Meksika ko‘rfazi akvatoriyasida, Tamp shahridan 380 kilometr janubi-g‘arbda bo‘lib, bu shaharda 347 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.
“Ermina” po‘rtanasi soatiga taxminan 19 kilometr tezlikda shimoli-sharqiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Izoh (0)