24-avgust kuni Italiyaning markaziy qismida ro‘y bergan zilzilaning 37 nafar qurbonining dafn marosimi 30-avgust kuni Amatriche shahrida mamlakat prezidenti Serjo Mattarella, bosh vaziri Matteo Rensi hamda ikkala palata spikerlari — Pyetro Grasso va Laura Boldrini ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yodga olish marosimida Riyeti viloyati yepiskopi Domeniko Pompili xizmat qildi. Yarim vayrona holidagi shaharda maxsus ayvonli maydon tashkil etilib, u yerda marhumlar bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 kilometr chuqurlikda joylashgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, zilzila qurbonlarining soni 290 kishini tashkil etdi.
24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)