Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat poytaxtidagi XXR elchixonasi binosi yaqinida amalga oshirilgan portlash munosabati bilan xavfsizlik choralarini oshirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “TASS” yozmoqda.
Huquq-tartibot organlari rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida prezident eng muhim obyektlarni qo‘riqlash choralarini kuchaytirishni, shuningdek, odamlar to‘planadigan yerlarda xavfsizlikni ta’minlashni topshirdi.
Xavfsizlik choralari mamlakat mustaqilligining 25 yilligi nishonlanishi hamda II Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi tadbirlar arafasida kuchaytirilmoqda.
Izoh (0)