Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)ning yetakchi universitetlarida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar berdi.
IUT uchinchi kurs talabalari Yulduz Xodjayeva va Nuruddin Iminoxunov Global Undergraduate Exchange Program (Global UGRAD) dasturi doirasidagi stipendiyalarni yutib oldi.
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) 1, 2, 3 va 4-kursda o‘qiyotgan talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda faqatgina bir o‘quv semestri davom etadigan o‘qish imkoniyatini yaratib beradi.
Tanlov natijasiga ko‘ra, Yulduz Xodjayeva Seynt Klaud Steyt Universitetida (St.Cloud State University), Nuruddin Iminoxunov esa Mississippi Universitetida (University of Mississippi) o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)