Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muzokara o‘tkazib, xalqaro kun tartibi bo‘yicha ikki tomonlama muloqotni davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda, Kreml matbuot xizmatiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Prezidentlar Rossiya–Turkiya munosabatlarini siyosiy va savdo-iqtisodiy yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish masalasini muhokama qilib, bu borada 9-avgust kuni Sankt-Peterburgda erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)