Italiya bosh vaziri Matteo Rensi boshchiligidagi mamlakat hukumati zilzila oqibatida zarar ko‘rgan shaharlarni imkon qadar qisqa muddatlarda qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Har bir zilzilaning o‘z tarixi bor, men buni 2009-yilgi Akvildagi tabiiy ofat bilan qiyoslamoqchi emasman. Qarorni zarar ko‘rgan shaharlar merlari qabul qiladi, o‘ylaymanki, ular yangi shaharlar qurishni emas, o‘z shaharlarini tiklashni istaydi, va biz ularga yordam beramiz”, — dedi infrastruktura va transport vaziri Gratsiano Delrio Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.
U tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yakuniy qaror favqulodda vaziyat tugaganidan so‘ng qabul qilinishini aytib o‘tdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, zilzila oqibatida 278 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)