Turkiyada muxolif Xalq Respublikachi partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘liga uyushtirilgan suiqasd chog‘idagi otishma paytida jandarmeriya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Ayni paytda hech qanday muammo yo‘q. Xavfsizlik xodimlari meni voqea joyidan olib chiqdi. Boshidan og‘ir yaralangan bir jandarm halok bo‘ldi. Huquq-tartibot organlarining ikki vakili yengil jarohat oldi”, — dedi Qilichdoro‘g‘li kanal efirida.
Aytilishicha, dastlab suiqasd uyushtiruvchilar Qilichdoro‘g‘lining konvoyiga qarata o‘t ochgan, so‘ng uning o‘zi o‘tirgan mashina o‘qqa tutilgan.
Izoh (0)