O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga 2016-yilning 24-avgust kuni mazkur mamlakatning markaziy qismida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayrongarchiliklarga sabab bo‘lgan kuchli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z maktubida qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik va qayg‘udoshlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat qurbonlari 247 kishiga yetdi.
24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)