Buyuk Britaniya hukumatiga joriy yilning birinchi yarmi davomida jami 36 mingdan ortiq odam boshpana so‘rab murojaat qildi. Bu oxirgi 10 yil ichidagi mutlaq rekord ko‘rsatkichdir, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net” Reuters’ga asoslangan holda.
Boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41 foizga ko‘proqdir.
Murojaat etuvchilarning ko‘pchiligini Eron, Iroq, Pokiston, Eritreya, Afg‘oniston va Suriya fuqarolari tashkil etadi.
Izoh (0)