Germaniyaning “Bayer” jamoasi hujumchisi Xavyer Ernandes 22-avgust, dushanba kuni uyidagi zinadan yiqilishi oqibatida o‘ng qo‘li bilagini sindirib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Leverkuzenliklar yaqin o‘yinlarda asosiy hujumchisining xizmatlaridan foydalana olmaydi. Odatda, bunday jarohatlardan forig‘ bo‘lish uchun ikki hafta zarur bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda Chicharito Germaniya chempionatining 28 o‘yinida maydonga tushib, 17 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.
Izoh (0)