Hindistonning Telangana shtatida 22-avgust, dushanba kuni avtobusning ko‘prikdan kanalga qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jabrlandi. Bu haqda Indian Express gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, 26 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ko‘prikda ag‘darilib ketib, to‘siqni buzib o‘tgan va to‘qqiz metrlik balandlikdan kanalga qulagan.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, haydovchi tezlikni oshirganligi uchun transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan.
Izoh (0)