Rossiyaning Tuva Respublikasi, Qizil shahri fuqarosi Xakasiya Respublikasining Abakan shahrida o‘yin avtomatlarida bor pulini yutqazib qo‘ygach, o‘z joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” Xakasiya Tergov boshqarmasiga tayanib.
Erkak o‘z tanishi bilan Abakanga kelib, marhum do‘stining avtomobilini ta’mirxonadan olib ketmoqchi bo‘lgan, yonida o‘zi bilan qariyb 200 ming rubl puli bo‘lgan. Ulfatlar bir xonadonni uch kunga ijaraga olib, u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan.
Erkak o‘yin avtomatlariga barcha pulini sarflagan, so‘ng vannaxonada o‘z hayotiga nuqta qo‘ygan.
Ushbu hodisa yuzasidan tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)