KXDR AQSh va Janubiy Koreya tomonidan fitna hamda tajovuz xavfini o‘zining milliy yadro kuchlari yordamida bartaraf etadi. Bu haqda Shimoliy Koreya tinchlik bilan birlashish qo‘mitasi vakilining 22-avgust, dushanba kuni boshlanadigan Ulchi Freedom Guardian mashqlari munosabati bilan e’lon qilingan bayonotida bildirilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Pxenyan bu mashqlarni “xalq respublikasi qadr-qimmati va mustaqilligini poymol etish hamda KXDRga to‘satdan bostirib kirishga tayyorgarlik” deb baholamoqda. Qo‘mita AQShdan “sanksiyalar va Pxenyanga bosim siyosatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, kuchni ko‘z-ko‘z etish, jumladan, Ulchi Freedom Guardian mashqlarini o‘tkazishdan voz kechish”ni talab etdi.
Shunday talab Janubiy Koreya rasmiylariga nisbatan ham ilgari surildi va Seul “KXDRning kundan-kun ortib borayotgan siyosiy va harbiy qudratini hisobga olish”ga chaqirildi.
Izoh (0)