AQSh harbiy-dengiz kuchlari xizmatchisi Kristian Sosye Konnektikut portida atom suvosti kemasini suratga olgani uchun bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, u yana olti oyni uy qamog‘ida ham o‘tkazadi. Dengizchiga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar bo‘yicha u olti yillik hibsga hukm qilinishi mumkin edi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Sosye sudda fotoga olayotganida buning maxfiy ma’lumot ekanligini bilgani, biroq ularni begonalarga ko‘rsatish niyati bo‘lmagani, faqat oilasi va bo‘lajak bolalariga flotda xizmat qilganida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida hikoya qilmoqchi ekanligini bildirgandi. Buni tekshirib ko‘rishning imkoni bo‘lmadi, chunki dengizchi barcha dalillar, jumladan, kompyuter, fotoapparat va xotira kartasini yo‘q qilishga ulgurgan edi.
Izoh (0)