Somalidagi Puntlend muxtor tumani, Galkao shahridagi hokimiyat binosi yaqinida terrorchi-xudkush avtomobilni portlatib yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikki kuchli portlash va otishma ovozi eshitilgani aytilmoqda: oldiniga yuk avtomobili, oradan bir daqiqa o‘tib, yana bir avtomobil portlagan.
Terakt oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Ular orasida xavfsizlik xizmati xodimlari va tinch aholi vakillari bor. Terakt uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)