KXDR rasmiylari Xitoydagi restoranda ishlagan va shu yil aprelida u yerdan Janubiy Koreyaga qochgan 12 nafar fuqarosini qaytarishni talab etmoqda. Bu haqda, Koreya markaziy telegraf agentligi bayonotiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“Biz ayollarimizni qutqarish va qaytarib olib kelishga erishmaguncha kurashishda davom etamiz”, — ma’lum qildi agentlikka sobiq restoran xodimalarini qutqarish qo‘mitasi vakili.
Pxenyan taxminiga ko‘ra, ayollar Seul razvedkasi tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. O‘z navbatida, Janubiy Koreya birlashish vazirligi qochqinlar razvedka xodimlari tomonidan tekshirib ko‘rilgach, ozodlikka qo‘yib yuborilganini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)