Shu haftada Janubiy Koreya rasmiylaridan qochqin maqomini olgan KXDRning Londondagi elchixonasi xodimi Txe Yen Xo “jinoyatchi bo‘lgan”. Koreya markaziy telegraf agentligi 20-avgust, shanba kuni shunday rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
“U davlat mulkini talon-taroj etishda fosh etilgan jinoyatchi edi va adolatli jazodan xavfsirab, qochib ketdi”, —deyiladi agentlik bayonotida.
17-avgust, chorshanba kuni Janubiy Koreya birlashish vazirligi KXDRning Londondagi elchixonasida ishlagan diplomatga qochqin maqomini bergani va u oilasi bilan Seulga yetib kelgani haqida ma’lum qildi.
Izoh (0)