Kolumbiyada 19-avgust, juma kuni Gabriel Garsia Markes tasviri tushirilgan kupyuralar muomalaga kiritildi. Banknota taqdimoti yozuvchi tug‘ilib-o‘sgan Arakataka shahri joylashgan departament poytaxti Santa-Martada o‘tkazildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
50 ming peso nominalidagi kupyuraning old tomonida Markes portreti joylashtirilgan. Portret yonida Nobel mukofoti laureati bor qaddi-basti bilan, kapalaklar qurshovida turgani tasvirlangan. Buni uning mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romaniga ishora tarzida qabul qilish mumkin.
Banknotaning orqa tarafiga Kolumbiyaning chekka tog‘li hududi — Syerra-Nevada-de-Santa-Marta tub aholisiga mansub ikki hindu siymosi tushirilgan. Ular kupyuraga g‘oyib bo‘lgan sivilizatsiya xotirasi uchun joylashtirilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)