Xitoy armiyasi general-mayori 54 yoshli Chen Sze o‘z joniga qasd qildi. Guandun provinsiyasining Shenchjen shahrida ro‘y bergan hodisa haqida South China Morning Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Siyosiy komissar lavozimida bo‘lgan Chen Sze armiyada xizmat pillapoyalaridan tez ko‘tarilgandi. U yuqori lavozimga tayinlanishidan atigi bir kun oldin o‘zini o‘ldirdi. General-mayor 20-avgust, shanba kuni dafn etilishi bildirilmoqda.
Bu hafta mobaynida Xitoyda yuqori martabali harbiy xizmatchilar joniga qasd qilishi bilan bog‘liq uchinchi holat. Kuzatuvchilar mazkur hodisalarni armiya safida o‘tkazilayotgan aksilkorrupsiyaviy tekshiruvlar bilan bog‘lamoqda.
Izoh (0)