Afg‘oniston poytaxtida 20-avgust, shanba kuni armiya avtomobilining fugasga duch kelib portlashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hama Press agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fugas yo‘l chetiga joylashtirilgan. Halok bo‘lgan shaxs harbiy xizmatchi yoki fuqaro ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
Portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati o‘z zimmasiga oldi.
Izoh (0)