Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyatida joylashgan Xonobod shahri 20-avgust, shanba kuni ertalab toliblar tomonidan egallandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahar ma’muriyati rahbari Xayotulloh Amiriyning Ariana News telekanaliga bildirishicha, hukumat kuchlari Xonobodni kuch va vositalar yetishmovchiligi sababli tashlab chiqishga majbur bo‘lgan. Mansabdorga ko‘ra, shahar atrofida janglar davom etmoqda.
Izoh (0)