Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniyaning 95 million dollar atrofida baholanayotgan 760 mingdan ortiq aksiyasini xayriya maqsadlari uchun sotdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Sukerbergning oilasiga qarashli Chan Zuckerberg Initiative Holdings va Chan Zuckerberg Foundation jamg‘armalari sotuv tashabbuskori bo‘ldi. Bitta aksiya narxi 122,8—124,3 dollar atrofida baholandi. Forbes nashriga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar qiymati Sukerberg tomonidan soliqlar to‘langanidan so‘ng 85 million dollargacha kamayishi mumkin.
O‘tgan yil dekabr oyi boshlarida Facebook asoschisi kompaniya aksiyalarining 99 foizini xayriya va jamoatchilik faoliyati yo‘lida sarflash uchun sotib yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda Sukerberg va Prissilla Chan oilasida keyinchalik Maks deya ism qo‘yilgan chaqaloq dunyoga kelganidan so‘ng bildirilgandi.
Izoh (0)