Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon mamlakat Rossiyadan S-400 (“Triumf”) zenit-raketa majmualarini xarid qilishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Vazirning bildirishicha, Rossiya tomoni Eronga “Triumf”larni sotib olishni taklif etgan, biroq Tehronning mazkur zenit-raketa majmualarini xarid qilish niyati yo‘q.
Oldinroq mamlakat parlamenti milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rasmiy vakili Husayn Husayniy Eron rahbariyatida Rossiya tomonidan S-300 zenit-raketa majmualari yetkazib berilishi yuzasidan e’tirozlar yo‘qligini ta’kidlagandi.
Izoh (0)