Rossiyaning Rostov viloyatidagi Romanovskaya qishlog‘ida yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda FVV viloyat boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa 19-avgust, juma kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:50 atrofida ro‘y berdi. SP-30 samolyoti qulagan va alanga olgan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib yong‘in o‘chirildi. Buning oqibatida ikki kishi — uchuvchi va mexanik jabrlandi. Ular kasalxonaga, reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi aviashouda ishtirok etish uchun tayyorgarlik parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)