Janubiy Afrika Respublikasida avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida kamida 11 nafar askar halok bo‘ldi, yana 31 nafari jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
JAR armiyasi 19-avgust kuni tarqatgan kommyunikeda aytilishicha, avtohalokat Lesoto bilan chegarada joylashgan Klarens shahri yaqinida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus avtomobil yo‘lidan chiqib, ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)