AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘zining saylov shtabi rahbari Pol Manafortning iste’fosiga to‘sqinlik qilib o‘tirmadi, chunki u saylovoldi poygasiga xalal bera boshlagandi. Bunday izoh bilan milliarderning o‘g‘li Erik Tramp Fox News telekanali efirida chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
“Fikrimcha, otam Pol shug‘ullangan narsa uni chalg‘itishini istamaydi”, — dedi Erik Tramp. U Respublikachilar partiyasining iyul oyida Klivlendda (Ogayo shtati) bo‘lib o‘tgan qurultoyida debyut nutqi bilan chiqish qilib, xonasini topib gapirdi va o‘n minglab respublikachilar tomonidan iliq kutib olindi.
Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, tajribali Manafort saylov poygasida ortiqcha to‘siqlarni yuzaga keltirmaslik uchun ataylab “soyaga o‘tgan”. “Shu tariqa, Tramp saylovoldi kurashiga to‘liq e’tibor qarata oladi. Manafort esa chetda qoladi, ammo tashqaridan ishlashda davom etadi va Vashingtondagi ishni muvofiqlashtirishga yordam beradi”, — deya ma’lum qildi telekanal o‘z manbasiga tayanib.
Tramp o‘z saylov shtabi rahbarining iste’fosi haqida e’lon qildi, ammo ushbu qaror sabablarini oshkor qilmadi.
Izoh (0)