Samarqand va Andijon shaharlarida 18-avgust kuni havo harorati +33 darajagacha ko‘tarildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra (pdf), bu O‘zbekiston viloyat markazlari orasida payshanba kuni qayd etilgan eng salqin havo bo‘ldi.
Shu kuni Navoiy, Namangan, Farg‘ona shaharlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +34 darajani, Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Jizzax, Guliston, Qarshi shaharlarida +35 darajani tashkil etdi.
Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahri 18-avgust kuni O‘zbekiston viloyat markazilari orasida eng issig‘i bo‘ldi — shu kuni shaharda havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilgan. Qayd etish joiz, Buxoro viloyatining Qorako‘l, Navoiy viloyatining Tomdibuloq va Buzaubay shaharchalarida ham harorat +37 darajagacha ko‘tarilgan.
Samarqand va Andijon viloyat markazlari orasida eng salqini bo‘lgan bo‘lsa, tog‘li hududlar, xususan, Qamchiq dovoni (+19 daraja) va Chimyon yon-bag‘irlari (+24 daraja) harorati +25 darajaga ham yetgani yo‘q, Angren shahrida +31 darajani tashkil etdi.
Qayd etish joiz, 18-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik qariyb kuzatilgani yo‘q. Faqat Angren shahrida momaqaldiroq, Qamchiq dovonida biroz yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatildi. Eng kuchli shamollar esa Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida kuzatildi — bu yerda shamol tezligi soniyasiga 20 metrga yetdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)