Toshkent shahar hokimligi Oybek ko‘chasining Nukus hamda Turkiston ko‘chalari kesishuvi oralig‘idagi qismi yopilishini ma’lum qildi.
Hokimlik rasmiy saytiga joylangan xabarda ta’kidlanishicha, bu shaharda avtomobil transporti harakatini tartibga solish, Toshkent temir yo‘l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, metro vagonlarining aylanish joyida harakat xavfsizligini ta’minlash, ushbu ko‘chada istiqomat qilayotgan ko‘psonli aholining madaniy hordiq chiqarishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Hududda yangicha yechimda obodonlashtirish ishlari olib borilishi mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)