Britaniyalik 33 yoshli sport jurnalisti, Sky va ITV telekanallarida ishlab kelgan Charli Uebster Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlari chog‘ida komaga tushib qoldi. Dastavval shifokorlar ayol suvsizlangan deb o‘ylagan edi, ammo keyinchalik uning ahvoli og‘irroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda Uebsterning ahvoli barqaror, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Olimpiadaning ochilish marosimiga kelishdan bir muddat oldin Uebster velomarafon uyushtirib, 3 ming kilometr masofani bosib o‘tgan edi. Ertasi kuni ayol o‘zini yomon his qila boshladi. Shifokorlar unga tropik bezgak tashxisini qo‘ydi.
Ayni paytda britaniyalik jurnalistning hayoti xavf ostida emas. U shifoxonadan selfi tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib bormoqda. Ayol unga dalda berib kelgan obunachilariga minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)